Farhod Tojiev "Paxtakor"ga qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2016, 13:00
O'zbekistonlik hujumchi Farhod Tojiev faoliyatini yana yurtimizda davom ettirishi mumkin.

O'tgan mavsumni Malayziyaning "T-Tim" klubida o'tkazgan hujumchi Toshkentning "Paxtakor" klubiga qaytishi mumkin. Tojievlarning kenjasi "sherlar" safida oliy ligada 58ta o'yinda maydonga tushib 12ta gol urishga erishgan.

Farhod Tojievga shuningdek "Olmaliq" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia