Farhod Mirahmatov: "Obod"ning oliy ligada qolishiga ishonaman"

Narzulla Saydullayev
16 okt 2016, 13:45
Oliy liganing 25-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Obod" (2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar a'zosi Farhod Mirahmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Qiyin uchrashuvni o'tkazdik. G'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Biroq mag'lubiyatga uchradik. Vaholanki, durangga loyiq o'yin ko'rsatgandik. Omadimiz kelmadi, desam mubolag'a bo'lmaydi.

Oliy ligada qolish uchun etarlicha imkoniyatimiz bor. Buning uchun avvalo o'z o'yinlarimizda g'alaba qozonsak bo'ldi. Shunda raqiblarning natijalariga bog'lanib qolmaymiz. Hozir jamoaning asosiy maqsadi shu. Rahbariyat, murabbiylar shtabi va futbolchilar "Obod"ni oliy ligada olib qolish uchun mehnat qilmoqda. O'ylaymanki, buni uddalay olamiz. Chunki bu uddalab bo'lmaydigan vazifa emas", - deydi Mirahmatov. 

"Obod" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia