Farhod Magametov: OFK komissiyasi ettita klubni tekshiradi

Narzulla Saydullayev
1 avg 2013, 19:36
1 avgust kuni Toshkentga Oliy Liga klublarini licenziyalash bo'yicha Osiyo futbol konfederatsiyasining tekshiruv komissiyasi tashrif buyurdi.
OFK Klublar musobaqalari boshqarmasi boshlig'i Benjamin Tan va OFK Moliya bo'limi hisobchisi On Chon Xyondan iborat delegaciya besh kun davomida O'zbekistonda bo'ladi. Bu vaqt davomida Osiyoning bosh futbol tashkiloti vakillari O'zbekiston Oliy Ligasida ishtirok etuvchi bir qator klublarda bo'lishadi.

OFKning tekshiruvchi tashrifi to'g'risida O'zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Farhod Magametov nisbatan batafsil ma'lumot berdi.

Bugun biz mamlakatimizga Oliy Liga klublarini tekshirish uchun tashrif buyurgan Osiyo futbol konfederatsiyasi vakillarini kutib oldik. Ular O'zbekistonda 5 avgustgacha qadar bo'lishadi. Besh kunlik tashrif davomida mehmonlar ettita klubni ko'zdan kechirishadi. Ushbu qaror OFK tomonidan qabul qilingan. Tashrif taqvimini ham ularning o'zi tuzib chiqqan, - dedi Magametov.

O'zPFL bosh direktori so'zlariga ko'ra, inspeksiya ishlari Bunyodkor klubidan boshlangan, eng so'nggi tashrif esa G'uzorga amalga oshiriladi – u yerda mehmonlar Sho'rtandagi sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishishadi.

Inspeksiya 1 avgustning o'zidan boshlandi. Ro'yxatda birinchi bo'lib Bunyodkor qayd etilgan. Komissiya 2 avgust kuni Namangan va Farg'onada bo'ladi. Shundan so'ng 3 avgust knui Guliston, So'g'diyona va Dinamoning infratuzilmalari tekshiriladi. Mehmonlarimiz boradigan so'nggi klub Sho'rtan bo'ladi. G'uzorga safar 4 avgustga rejalashtirilgan, - dedi Magametov.

5 avgust kuni OFK mutaxassislari O'FF hamda O'zPFL vakillari bilan uchrashib, Oliy Liga klublari infratuzilmalaridagi mavjud yutuq va kamchiliklar haqida ma'lumot berishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz