
- Umuman olganda, qur'a natijalaridan norozi emasman, har holda qur'a biz uchun noqulay kelmadi. Birinchilikni “Bunyodkor-2” va “Obod” jamoalariga qarshi safardagi bahslar bilan boshlasak, O'zbekiston kubogining birinchi bosqichida “NBU-Osiyo” bilan bellashamiz.
- Kubokning 1-bosqichidan o'tib olsangiz, keyingi raqib “Mashal” bo'ladi.
- Har qanday holatda ham ortga qaytish yo'q, faqat olg'a! Muborakliklarga etarlicha qarshilik qila olamiz. O'tgan mavsum bu jamoani o'z uyimizda mag'lub etganmiz.
- Bu yil jamoa oldiga qanday vazifa qo'yiladi?
- “Oq-tepa” oldiga qo'yiladigan asosiy vazifa - oliy ligaga chiqish. Buning uchun bizda barcha sharoit etarli. Kubok bahslarida ham imkon qadar yaxshiroq ishtirok etishga harakat qilamiz. Hozirgi kunda tarkibning asosiy qismida o'zgarishlarni amalga oshirmoqdamiz, yangi o'yinchilarni jalb qildik. Bundan tashqari, bosh murabbiylikka Aleksandr Mochinovni taklif qildik.
Tolibjon Qosimov sug'batlashdi