Farhod Abdullaev OFK hakamlik kurslariga konsultant etib tayinlandi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2018, 11:58
FIFA va OFK o'zbekistonlik futbol hakamlari hamda mutaxassislariga yuksak ishonch bildirayotganidan futbol muxlislarining xabarlari bor.

Xususan, joriy yilda Rossiyada o'tkazilgan futbol bo'yicha Jahon chempionatida O'zbekiston futboli vakillari, yani hakamlar brigadasi, komissar va instruktorlardan iborat guruhning ishtirok etgani bunga yaqqol misol bo'la oladi.
 
Osiyo futbol konfederatsiyasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2018 yilning 8 noyabr kunidan 12 noyabr kunigacha OFK hakamlar akademiyasi kurslarini tashkil qilmoqda.
 
Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan ushbu o'quv kurslariga OFK va O'FA instruktori Farhod Abdullaev konsultant etib tayinlandi. Mazkur hakamlik kurslarida endi faoliyatini boshlayotgan yosh hakamlar talim oladilar.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz