Farg'onada “S” licenziyasi uchun tayyorlov kurslari o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
25 apr 2019, 18:40
20-23 aprel kunlari Farg'ona shahrida viloyatdagi 18 nafar futbol murabbiyligiga nomzodlar uchun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan “S” licenziyasini olish uchun 4 kunlik tayyorlov kurslari o'tkazildi.

O'quv kurslarini OFK instruktori Zoyir Hasanov olib bordi. Nomzodlar o'quv kurs davomida nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashg'ulotlardan imtihonlar topshirishdi. O'quv kurslari Farg'ona bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi hamda “Neftchi” futbol akademiyasi maydonlarida tashkil etildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia