"Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021": "Bunyodkor" bosh sovrin hamda 50 million so'm mukofot pulini qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2021, 15:16
"Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021" o'z nihoyasiga etdi.

Musobaqaning so'nggi final uchrashuvida Toshkentning "Bunyodkor" hamda Farg'onaning "Istiqlol" jamoalari bosh sovrin uchun maydonga chiqishdi. Ushbu to'qnashuvda "qaldirg'ochlar" g'olib chiqishdi, hisob 4:1. Lutfulla To'raevning dubli hamda Farrux Ikromov, Rasul Yo'ldoshevning gollari poytaxt klubining g'alabasini taminladi. "Istiqlol"dan esa Sardor Sotvoldiev yagona gol bilan javob qaytardi. Shu tariqa "Bunyodkor" jamoasi oltin, "Istiqlol" esa kumush medallariga ega chiqdi. Taqdirlash marosimida musobaqaning eng yaxshilari aniqlandi. Avval ma'lum qilinganidek sovrindor jamoalarga  ma'lum summadagi sertifikat va estalik sovg'alari topshirildi. 

Eng yaxshi darvozabon - Farrux Turdialiev ("Istiqlol")

Eng yaxshi o'yinchi - Anvar Hojimirzaev ("Istiqlol")

Eng yaxshi murabbiyi - Ilhom Mo'minjonov ("Neftchi")

Eng yaxshi hujumchi - Shohnazar Norbekov ("Qo'qon-1912")


"Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021" o'z nihoyasiga etdi. Final.

"Bunyodkor" - "Istiqlol" 4:1

Hakamlar: Olim To'ychiboev, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov,  Shohruh A'zamov.

Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.

Gollar:  Lutfulla To'raev, 20 - 1:0. Sardor Sotvoldiev, 48 - 1:1. Lutfulla To'raev, 70 - 2:1. Farrux Ikromov, 84 - 3:1, Rasul Yo'ldoshev 87 - 4:1

"Bunyodkor": Ravshan Yagudin, Sunnatilla Abdullajonov, Abdulla Abdullaev, Islom To'xtaxo'jaev, Muhammadodil Qahramonov, Sanjar Rashidov, Lutfulla To'raev, Odiljon Abdurahmonov, Nurillo To'xtasinov, Xurshid G'iyosov, Mirjahon Mirahmadov.

Zaxira: Sarvar Karimov, Shahboz Erkinov, Ibrohim Tomiva, Ibrohim Ibragimov, Ulug'bek Abdullaev, Rasul Yo'ldoshev, G'ayrat Azizxo'jaev, Farrux Ikromov, Nozimxon Rustamov.

"Istiqlol": Farrux Turdialiev, Dilyorbek Ermatov, Abduxoliq Qurbonov, Ahror O'ktamov, Shohruh Boyqo'ziev, Pavel Smolyachenko, Sardor Sotvoldiev, Elyor Mamasoliev, Rahmatillo O'ktamov, Davron Isoqov, Anvarjor Hojimirzaev.

Zaxira: Jasur Abdullaev, Iqbol Boboxonov, Mirjalol Ne'matov, Doston O'rinboev, Ilhom Vahobov, Mansur Saidov, Xushnud Bozorov, Mo'ydin Mamazulunov, Asilbek Alijonov.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia