Farfan Lokomotivda tibbiy ko'rikdan o'tadi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2017
Shalke va PSV sobiq hujumchisi Jefferson Farfan Lokomotivga o'tishga yaqin.

Yaqin orada 32 yoshli perulik futbolchi Moskva klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi va transfer rasman e'lon qilinadi, deb xabar bermoqda Radio Capital muxbiri Daniel Peredo.

Dekabr oyida Farfanga Braziliyaning Gremio va Kolumbiyaning Amerika de Kali klublaridan taklif bo'lgandi, biroq tomonlar kelisha olishmagandi.

Hujumchining so'nggi klubi BAAning Al-Jazira klubi bo'lgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: larepublica.pe