"Faoliyatni tugatish haqida gapirishga hali erta" - Lyakazett

Sherzod Nurmatov
25 apr 2023, 14:49
Fransiyalik futbolchi bu haqda o'ylamaslikka harakat qiladi.

"Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazett faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirdi.

"Faoliyatni tugatish haqida gapirishga hali erta, ammo bu "Lion"da yuz berishi mumkin. Shartnomamga 2 yil qolgan bo'lsa ham, keyin nima bo'lishini hech qachon bilmaysiz. Hozirda faoliyatim yakuniga yaqin emas deb o'ylayman. Umid qilamanki, mening hikoyam hali tugamadi", – dedi fransiyalik futbolchi.

31 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Telefoot