Faoliyatini yakunlagan Ture: "Men yana bir necha yil to'p tepaman"

Aslanov Jasurbek
13 may 2019, 12:41
Yarim himoyachi Yaya Ture ijtimoiy tarmoq orqali faoliyatini yakunlashni istamayotgani haqida ma'lum qildi.

Oldinroq, uning agenti Dmitriy Selyuk 35 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlagani va murabbiylik ishiga kirishayotgani haqida e'lon qilgan edi.

"Bir necha kun oldin kelajagim borasida tushunmovchilik sodir bo'ldi. Bunga aniqlik kiritmoqchiman, futbolni yaxshi ko'raman va yana bir necha yil to'p tepmoqchiman. Murabbiylik licenziyasini olishga qiziqishim bor, ammo hozir bu haqida o'ylamayapman. Hozir yana futbol o'ynashga tayyorman! Havotir olmang, ammo payti kelsa faoliyatimni yakunlaganim haqida o'zim rasmiy bayonot beraman" - deydi Ture.

Yaya Ture faoliyatini yakunladi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/YayaToure