"Fanat Superliga". "So'g'diyona" – "Buxoro" 1:3

Narzulla Saydullayev
3 apr 2020
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "So'g'diyona" – "Buxoro"

"O'yin" soat 18:00da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!       

1-savol: Patrik Berger qaysi terma jamoada o'ynagan? Javob: Chexiya (Kenni dagliw kokand  "Buxoro" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: Evro-2000 finalini qaysi hakam boshqargan? Javob: Andres Frisk (alibobo  "Buxoro" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: JCH-2006da Niderlandiya bosh murabbiyi kim bo'lgan? Javob: Marko Van Basten (NA  "So'g'diyona" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: Ziad Jaziri qaysi terma jamoada o'ynagan? Javob: Tunis (Carlos  "Buxoro" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. "So'g'diyona" – "Buxoro" 1:3


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia