"Fanat Superliga". "Qo'qon-1912" – "Mashal" 4:0

Narzulla Saydullayev
1 apr 2020, 17:15
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga". "Qo'qon-1912" – "Mashal"

"O'yin" soat 17:15da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!      

1-savol:  2017 yil oliy ligada eng ko'p o'yinni boshqargan hakam kim? Javob: Vladislav Seytlin (Pirlo  "Qo'qon-1912" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: Ture Andre Flo qaysi terma jamoada to'p tepgan? Javob: Norvegiya (........     "Qo'qon-1912" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: 1998 yil Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi kim bo'lgan? Javob: Bora Milutinovich (Arslan 23 "Qo'qon-1912" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: Taribo Uest qaysi terma jamoada o'ynagan? Javob: Nigeriya (........  "Qo'qon-1912" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. "Qo'qon-1912" – "Mashal" 4:0

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia