"Fanat Superliga". "Qizilqum" – "Andijon" 3:1

Narzulla Saydullayev
3 apr 2020, 17:15
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda futbolga oida 4ta savol beriladi.  

Qoida: Bugundan boshlab savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi.  Agar ikki jamoa muxlisi bir soniyada javob berishsa ikkala jamoaga ball beriladi.  

Agar siz mezbon jamoa muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu mehmon jamoa muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"Fanat Superliga".  "Qizilqum" – "Andijon"

"O'yin" soat 17:15da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

Agar savolga javob 5 daqiqa ichida topilmasa keyingi savolga o'tiladi. To'g'ri javob berib qaysidir jamoaga ochko keltirgan nik sohiblari o'sha turda boshqa jamoa muxlisi bo'la olishmaydi!       

1-savol: Evro-2004da Italiya bosh murabbiyi kim bo'lgan? Javob: Jovanni Trappatoni (Uz-donju  "Qizilqum" muxlisi birinchi bo'ldi)

2-savol: Evro-2008 finali qaysi shaharda bo'lib o'tgan?  Javob: Vena (AlisherYuventus  "Qizilqum" muxlisi birinchi bo'ldi)

3-savol: JCH-2006 finali qaysi hakam boshqargan? Javob: Oracio Elizondo  (AlisherYuventus  "Qizilqum" muxlisi birinchi bo'ldi)

4-savol: Paulo Vanchope qaysi terma jamoada o'ynagan? Javob: Kosta Rika (Pirlo "Andijon" muxlisi birinchi bo'ldi)

O'yin tugadi. "Qizilqum" – "Andijon" 3:1

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia