"Fanat Superliga". "Metallurg" - "Lokomotiv" 3:3

Narzulla Saydullayev
28 mar 2020
"Fanat Superliga"da to'qnash keladigan jamoalarning muxlislari o'z bilimlari orqali bellashadilar.

Har bir o'yinda 4ta savol beriladi. O'sha jamoalar to'qnashuvi o'rtasidagi o'yinlardan kelib chiqib 2ta savol, xorij va O'zbekiston terma jamoalariga oid 2ta savol bo'ladi.

Qoida: Savol berilganidan keyin eng birinchi qaysi jamoa muxlisi javob bersa o'sha jamoaga 1 ball yoziladi. Viloyatlarda internet tezligi pastligi yoki o'chib qolishini inobatga olsak ikkinchi javob o'rtasidagi farq 1 daqiqani tashkil qilishi mumkin. Yani masalan "Andijon" muxlisi 17:45da javob bersa, "Surxon" muxlisining 17:46dagi javobi qabul qilinadi.

Agar siz "Metallurg" muxlisi bo'lsangiz javobingiz oldidan 1 raqamini qo'ying. Bordiyu "Lokomotiv" muxlisi bo'lsangiz 2 raqamini qo'ying va javobingizni yozing.


"O'yin" soat 18:30da boshlanadi va 4ta savol shu sahifada beriladi. Javoblarni pastda fikr bildirish bo'limiga yozish mumkin bo'ladi. 

1-savol: Oliy ligada bu jamoalar o'rtasidagi tarixiy birinchi bahsda qanday natija qayd etilgan? To'g'ri javob: 1:1. (Yokubov (Metallurg muxlisi) birinchi to'g'ri javob berdi. 

2-savol: O'tgan yil bu jamoalar o'rtasidagi Toshkentda kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan. Shu o'yinda gol urgan futbolchilarning ismlari nima? To'g'ri javob: Islom (Isoqjonov va To'xtaxo'jaev) (Temurbek Valiev (Lokomotiv muxlisi) birinchi to'g'ri javob berdi

3-savol: 2004 yil Oliy ligada kim to'purar bo'lgan? To'g'ri javob: Shuhrat Mirxoldishoev (Ikkala jamoa muxlislari bir daqiqa ichida javob berishdi)

4-savol: Markos Senna qaysi terma jamoa safida Yevropa chempioni bo'lgan? To'g'ri javob: Ispaniya (Ikkala jamoa muxlislari bir daqiqa ichida javob berishdi)

O'yin tugadi: "Metallurg" - "Lokomotiv" 3:3


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia