

Yaypandagi oqshomda "Turon" - "So'g'diyona" to'qnash keldi. Pro liga eshigi oldida turgan jamoa nihoyat g'alaba qozongan bo'lsa, "So'g'diyona" muvaffaqiyatsizlik girdobidan chiqib keta olayotgani yo'q. Quyida shu va boshqa muhim faktlarga to'xtalib o'tamiz.
- "Turon"ning 7 o'yinlik g'alabasiz seriyasi yakuniga etdi. Jamoa so'nggi marotaba 5 avgust kuni Superliga doirasida Yaypanda "Nasaf"ni mag'lubiyatga uchratgan edi.
"Turon" - "Nasaf" 1:0
5 avgust 2023 yil. Yaypan, "O'zbekiston" stadioni. 20:00
Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Obid Jumaev, Jasur Rustamov, Nikita Mustafin.
Nazoratchi: Timur Galeev.
Komissar: Shohruh Said.
Gol: 1:0 - 22, Humoyun Murtozaev (Abdulazizxon Abdurashidov)
"Surxon" - "Turon" 1:0
"Turon" - "Bunyodkor" 1:2
"Olimpik" - "Turon" 2:0
"Turon" - "Nasaf" 1:2 (O'zbekiston kubogi)
"Navbahor" - "Turon" 5:0
"Turon" - "Metallurg" 1:1
"Paxtakor" - "Turon" 3:0

- "So'g'diyona"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 6ta o'yinga etdi. Ivan Boshkovich shogirdlari 26 avgust kuni "Navbahor"ni mag'lub etgandan so'ng hali 3 ochko qo'lga kirita olgani yo'q.
"Metallurg" - "So'g'diyona" 3:1
"So'g'diyona" - "Paxtakor" 1:1
"Qizilqum" - "So'g'diyona" 4:2
OKMK - "So'g'diyona" 3:2
"So'g'diyona" - "Andijon" 1:2
"Turon" - "So'g'diyona" 1:0
- "So'g'diyona" mehmonda 6ta o'yindan buyon raqibini taslim qila olmayapti. Jamoa so'nggi bor 30 iyul kuni Toshkentda "Bunyodkor" ustidan zafar quchgandi.
- Xurshid Muxtorov bu mavsum "Turon" libosida 3 golini urdi. Bu o'yinlarda uning jamoasi 4 ochko ishladi.

- Tarix takrorlandi. "So'g'diyona" mehmonda "Turon"ga gol urishni uddasidan chiqa olmayapti. 2021 yil ilk bor Yaypanga kelgan jizzaxliklar ortga 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytgandi.
2021 yil. Superliga 15-tur
"Turon" - "So'g'diyona" 1:0
Gol: Fozil Musaev 24
Ma'lumot uchun, "So'g'diyona" navbatdagi uchrashuvini 4 noyabr kuni o'z maydonida "Buxoro"ga, "Turon" esa 1 noyabr kuni mehmonda OKMKga qarshi o'tkazadi.



