FAKT! MYU darvozasiga belgilangan so'nggi 4 penaltining uchtasida Pogbaning aybi bor

Mirjalol Normatov
30 apr 2021, 00:33
Ayni damda Yevropa ligasining yarim finali doirasida "Manchester Yunayted" hamda "Roma" jamoalari o'zaro bahs olib borishmoqda.

Uchrashuvda hisob Pellegrinining penaltidan urgan goli evaziga tenglashdi. Penalti bo'lishiga Pol Pogbaning qo'liga to'p tegishi sabab bo'ldi.

Qayd etish kerak, MYUning "Old Trafford"da o'tkazib yuborgan so'nggi 6 penaltining 4tasi aynan Pogba sabab belgilangan. Yana bir fakt shundaki, MYU darvozasiga belgilangan so'nggi 4 penaltining 3tasida ham Pogba aybdor bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia