Fakt: Eldorning transfer narxi Singapurning to'liq tarkibidan 3 barobar qimmatroq

7 iyun 2021, 13:54
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Singapur terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.

Odatimizga ko'ra, muhim o'yinlar oldidan jamoalar tarkibidagi eng qimmat futbolchilar haqida ma'lumot berishda davom etamiz. 

Bugungi raqiblarimiz safidagi eng qimmat o'yinchi 23 yoshli Irfon Fandi hisoblanadai. "Transfermarkt" portali markaziy himoyachining transfer qiymatini 250 ming evroga baholagan.

O'zbekiston terma jamoasining eng qimmatbaho vakili "Jenoa" forvardi Eldor Shomurodov ekanini bilasiz. E'tiborli jihati shundaki, 25 yoshli hujumchining transfer qiymati (7 mln evro) Singapur termasining butun tarkibidan (2,3 mln evro) 3 marta qimmatroq.

Saytimiz xodimlaridan MTJ 11talik taxmin. Topganga Xoliqov osh vada qildi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia