

Nikola Lazarevich ustozligidagi "Qizilqum" o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qiladi. Jamoalar shu kunga qadar Navoiyda 18 bor to'qnash kelgan. Katta ustunlik mezbonlarda, 13 g'alaba. 4ta o'yinda murosa ko'chasi tanlangan bo'lsa, 1 marotaba samarqandliklarning omadi kelgan. U hozirgacha ularning yagona g'alabasi bo'lib turibdi. Navoiyda kechgan oxirgi bahsda ham maydon egalari g'alabani tantana qilgan, 2:1.
QIZILQUM - DINAMO 1:2
23.08.2008. 18-tur. Zarafshon. "Progress" stadioni, 4223 tomoshabin
Hakam: Rustam Hamidov
Gollar: Farhod Tojiev 56, 63 - Maksim Danilov 65



