Fakt! "Bernli" "Old Trafford"dagi so'nggi 4 o'yinida mag'lub bo'lmagan

Mirjalol Normatov
18 apr 2021, 16:11
Bugun APLning 31-turi doirasida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Bernli"ni qabul qiladi.

Qayd etish kerak, "Bernli" jamoasi mankunianliklarning noqulay raqibi hisoblanadi. Ushbu klub "Old Trafford"da o'tgan so'nggi 4 o'yinda mag'lub bo'lmagan va ushbu natijaga erishgan APLning yagona jamoasi hisoblanadi.

29.10.2016 "Manchester Yunayted" - "Bernli" 0:0
26.12.2017 "Manchester Yunayted" - "Bernli" 2:2
29.01.2019 "Manchester Yunayted" - "Bernli" 2:2
22.01.2020 "Manchester Yunayted" - "Bernli" 0:2

Ammo ushbu mavsumlarda MYU raqibi maydonida g'alabaga erishgan va mezbonlar birorta gol ham ura olishmagan.

Dastlabki davradagi uchrashuvda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari Pol Pogbaning goli evaziga kichik hisobda g'alabaga erishgandi.

Bugungi uchrashuv soat 20:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia