Fayerlar uchun Angliyada muxlislarni qamoqqa olishlari mumkin

Tolibjon Qosimov
31 okt 2013, 20:32
Angliya Premer-ligasi raxbariyati muxlislarni ogohlantiradi: Fayer va shu turdagi yonuvchi moddalarni tribunalarga olib kirish uchun muxlislar jarima to'lashlari yoki qamoqqa olinishlari ham mumkin.
Angliya stadionlarida pirotexnika maxsulotlariga qarshi kurash kampanisi boshlandi, deya xabar bermoqda  VVS. Yaqinda bunday maxsulotlar bilan bog'liq ko'ngilsiz voqealar "Uembli" va "Villa Park" stadionlarida sodir bo'ldi.

"Ushbu kampaniya davomida biz muxlislarga shunday deymiz: "Tushunamiz, sizlar buni ko'ngilxushlik deb hisoblaysizlar. Lekin ayni vaqtda bu juda xavfli hamdir. O'zingiz uchun ham, atrofdagilar uchun ham. Buning oqibati sizlar uchun turlicha bo'lishi mumkin. Sizlarni stadionga tashrish buyurishni taqiqlab qo'yishimiz va yomon holatda ozodlikdan maxrum qilishgacha olib borishimiz mumkin. Bunday ko'ngilsizliklarga birgalikda harakat qilgan holda yo'l qo'ymaslikka harakat qilishni istardik", deya APL vakilasi Ket Longdan VVS iqtibos keltiradi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net