Fabio Kannavaro Turg'unboev va Eshmurodovning yig'inga chaqirilishiga izoh berdi, MTJda ikki nafar futbolchi jarohat olgan

Aziz Tukhtamuradov
8 okt 2025, 17:06
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kuvaytga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Anjuman davomida bosh murabbiyga Aziz Turg'unboev va Umar Eshmurodovning yig'inga chaqirilishi haqida savol berishdi.

- Turg'unboev va Eshmurodovning yig'inga kechroq chaqirilishi sababi qanday? 

- Avvalgi o'yinlarini ko'rib chiqdim va ularning ro'yxatda yo'qligini ko'rdim. Shu sababli federatsiyadan ularni terma jamoaga chaqirilishini so'radim. Bundan tashqari ikki futbolchini jarohat sababli yo'qotdik.

Terma jamoaga chaqirilish har bir futbolchining orzusi deb hisoblayman.


- Kimlar jarohat olgan?

- Kimlar jarohat olganini rasman e'lon qilamiz. O'shanda bilib olishingiz mumkin bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia