Fabio Kannavaro shtabida yangilik

Sherzod Nurmatov
10 noya 2025
O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabiga yana bir mutaxassis qo'shildi.

"Bunyodkor"da faoliyat yuritayotgan italiyalik Karlo Alberto Bertone noyabr oyidagi FIFA kunlarida hamyurtiga tahlilchi sifatida yordam beradi. 

Bertone joriy mavsumdan buyon "Bunyodkor"da tahlilchi murabbiy sifatida ishlab kelyapti.

Avvalroq O'zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadze lavozimidan ketgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia