Fabio Kannavaro G'uzor “Markaziy” stadionida bo'ldi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2025
"Oltin to'p" sohibi kecha G'uzorga bordi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi tayinlangan bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Superliga jamoalari bilan yaqindan tanishish maqsadida kecha, 17 oktyabr kuni G'uzor “Markaziy” stadioniga bordi. U erda “Mashal” va “Xorazm” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni stadion tribunalaridan kuzatdi.

Tashrif davomida Kannavaro “Sho'rtan” futbol klubida ham bo'lib, akademiya faoliyati bilan tanishdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати