Fabio Kannavaro G'uzor “Markaziy” stadionida bo'ldi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2025, 11:59
"Oltin to'p" sohibi kecha G'uzorga bordi.

O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi tayinlangan bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Superliga jamoalari bilan yaqindan tanishish maqsadida kecha, 17 oktyabr kuni G'uzor “Markaziy” stadioniga bordi. U yerda “Mashal” va “Xorazm” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni stadion tribunalaridan kuzatdi.

Tashrif davomida Kannavaro “Sho'rtan” futbol klubida ham bo'lib, akademiya faoliyati bilan tanishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати