

Fransiya klubi moliyaviy "Fair Play"ga amal qilishi uchun tarkibdagi deyarli barcha yetakchilarini sotishga majbur. Lionliklar yoz yakuniga qadar 100 millionlik futbolchi sotishi shart, hozircha ular jami 24 million evrolik futbolchi sotishga erishdi.
Agar jamoa ushbu talablarni bajarmasa kamida ochko olib tashlanadi yokida Liga 2 musobaqasigacha tushirib yuborilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, avvalroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli Fransiyaning yana bir mashhur klubi "Bordo" professional maqomidan ayrilgandi.



