Yevropaning TOP-5 liga klublari tarkibi narxlari

Aslanov Jasurbek
13 apr 2018, 11:04
Futbol tarixida hech bir klub transferlar uchun hozir "Manchester Siti" sarflaganidan ko'proq pul ishlatmagan.

Ayni damda "shaharliklar"ning tarkibi 878 mln. evro turadi.

"Manchester Siti" bu ko'rsatkich bo'yicha PSJ (805), "Manchester Yunayted" (747) va "Barselona"dan (725) oldinda. Bu o'z tarkibini yig'ish uchun 700 mln. evrodan ko'proq pul ishlatgan klublar bo'lib turibdi.

Fransiya chempionatidagi bitta jamoa tarkibining o'rtacha narxi 97 mln. evro, APLda esa 291 mln. evro.

Bundesliga: 113 mln. evro

A Seriya: 124 mln. evro

LaLiga: 131 mln. evro


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football-observatory