Yevropadagi yana bir chempionat yakunlandi

Mirjalol Normatov
24 apr 2020, 21:12
Niderlandiyada mavsum koronavirus sababli davom ettirilmaydi.

"De Telegraaf" xabariga ko'ra, chempion va quyi ligaga tushib ketadigan jamoalar bo'lmaydi. Erediviziyada bunday holat 1945 yildan beri ilk marta sodir bo'lmoqda.

Hozircha liga rasmiylari bu borada javob berishganicha yo'q. Rasmiy ma'lumot yaqin kunlarda e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ayni damda "Ayaks" turnir jadvalida 25 o'yinda 56 ochko jamg'argan holda peshqadamlik qilayotgandi. 2-o'rindagi AZ ham shuncha ochko to'plagan, biroq qo'shimcha natijalar evaziga ortda qolayotgandi.

So'nggi o'rinlar "Den Xaag" (19 ochko) va "Valveyk" (15 ochko) tomonidan egallab turilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: De Telegraaf