

Ma'lumotlarga qaraganda, 25 yoshli futbolchi uchun "Liverpul", "Bavariya" va "Borussiya" Dortmund da'vogarlik qilmoqda.
Myonxengladbaxliklar shveytsariyalik o'yinchini qishki transfer oynasi yopilgunga qadar sotishga tayyor, ammo xavbekning o'zi yozda erkin agent sifatida ketishni joiz deb bilmoqda.
Zakariya joriy mavsumda 17 o'yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma qayd etdi. Uning transfer narxi – 27 million evro.



