Yevropa Ligasiga qur'a tashlandi. “Shaxtyor” “Shiroq” bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2014, 16:56
Chempionlar Ligasidan so'ng Yevropa Ligasining ilk bosqichiga ham qur'a tashlandi.

Qo'hna qitada nufuzi jihatidan ikkinchi o'rinda turuvchi ushbu turnirda hamyurtlarimiz – Kamoliddin Murzoev va Shavkat Salomov to'p tepayotgan Qozog'istonning “Shaxtyor” klubi ham ishtirok etadi.

Qarag'andaliklar qur'a natijasiga ko'ra, ilk bosqichda Armanistonning “Shiroq” jamoasi bilan hisob-kitob qilishadi. E'tiborlisi, Qozog'istonning yana bir jamoasi – “Astana”ga ham Armaniston klubi “Pyunik” raqib sifatida tushib qoldi.


Birinchi saralash bosqichida jami 78 ta jamoa ishtirok etadi. Ilk bosqich o'yinlari 3-10 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Ikkinchi bosqich o'yinlari 17 va 24 iyul kunlariga belgilangan.

Eslatib o'tamiz, Yevropa Ligasining hal qiluvchi final uchrashuvi 2015 yilning 27 may kuni Polsha poytaxti Varshava shahridagi “Milliy” stadionida bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia