Yevropa Ligasida mavsum ramziy jamoasi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
27 may 2021, 19:59
Kecha, 26 may kuni “Vilyarreal” penaltilar seriyasida “Manchester Yunayted”ni mag'lub etib, Yevropa Ligasi bosh sovrini egasiga aylandi.

Musobaqa yakunlariga ko'ra, UEFA mavsum ramziy jamoasini e'lon qildi. Tarkibdan “Vilyarreal”ning 3 futbolchisi o'rin oldi.

Darvozabon: Pau Lopes ("Roma", Italiya)

Himoyachilar: Mett Doerti ("Tottenxem", Angliya); Xuan Foyt ("Vilyarreal", Ispaniya); Raul Albiol ("Vilyarreal", Ispaniya); Borna Barishich ("Reynjers", Shotlandiya);

Yarim himoyachilar: Leon Beyli ("Bayer", Germaniya); Magnus Eykrem ("Molde", Shvetsiya); Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted", Angliya); Nikolya Pepe ("Arsenal", Angliya);

Hujumchilar: Borxa Mayoral ("Roma", Italiya); Jerar Moreno ("Vilyarreal", Ispaniya).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA