Yevropa Ligasida keyingi bosqich masalasini muddatidan oldin hal qilgan jamoalar bilan tanishing

8 noya 2019, 01:51
EL 4-turidan o'rin olgan bir qancha uchrashuvlar yakunnlandi.

Pley-off masalasini "Sevilya", "Bazel" va "Seltik" klublari o'zlari uchun kafolatlab qo'ydilar.

"Sevilya" "Dyudelanj" (5:2) klubi ustidan g'alaba qozondi va hisobidagi ochkolar sonini 12 taga etkazib oldi. Shu tariqa andalusiyaliklar keyingi bosqich masalasini muddatidan oldin ijobiy hal etishdi.

"Bazel" esa 10 ochko to'plagani holda "Krasnolar" va "Xetafe" klublaridan 4 ochko ilgarilab ketdi.

"Seltik" klubi Rimda qahramonlik ko'rsatib "Lacio"ni qiyin ahvolga solib qo'ygani holda o'z maqsadiga erishdi. Shotlandiya klubi 3-o'rindagi "Lacio"dan 7 ochko ilgarilab ketdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia