Yevropa ligasi.Beshiktosh o'rniga Tromse, Fenerbaxche o'rniga APOEL

Narzulla Saydullayev
30 avg 2013, 12:49
Sport arbitraj sudining (CAS) qaroriga ko'ra UEFA diskvalifikaciya qilingan Beshiktosh o'rniga Norvegiyaning Tromse klubiga Yevropa ligasi guruh bosqichida ishtirok etishga ruxsat berdi.
Eslatib o'tamiz, kelishilgan o'yinlarda qatnashganlik aybi qo'yilgan turk klubi pley offda Tromseni (1:2, 2:0) mag'lub etgandi.

Bugun Monakoda diskvalifikaciya qilingan Fenerbaxche o'rniga qaysi klub ishtirok etishini aniqlash uchun qur'a tashlandi. Unda omad Kiprning APOEL klubiga kulib boqdi.

Fenerbaxche ham Beshiktosh Turkiya chempionatida kelishiligan o'yinlarda ishtirok etishgan.

Yevropa ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi esa Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru