

Yevropa Ligasining 1/16 bosqichida doirasida bugun o'tishi rejalashtirilgan “Zalcburg” (Avstriya) – “Ayntraxt” (Germaniya) o'rtasidagi javob bellashuvi yaqinlashayotgan kuchli bo'ron tufayli qoldirildi.
Avstriyada shamol tezligi soatiga 120 km.ni tashkil qilmoqda.
Mazkur bellashuv qachon o'tkazilishi keyinroq ma'lum bo'ladi. Ular o'rtasidagi ilk o'yinda esa “Ayntraxt” yirik (4:1) g'alabaga erishgan edi.



