Yevropa ligasi pley-offida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi ma'lum

Aziz Tukhtamuradov
4 noya 2022, 07:59
Yevropa ligasining pley-off bosqichida qatnashadigan barcha jamoalar nomi aniq bo'ldi.

O'z guruhlarida birinchi o'rinni egallagan jamoalar: Arsenal (Angliya), Fenerbaxche (Turkiya), Betis (Ispaniya), Yunion (Belgiya), Real Sosedad (Ispaniya), Feyenoord (Niderlandiya), Frayburg (Germaniya) va Ferencvarosh (Vengriya). Bu jamoalar 1/8 finalda o'ynashadi. 

Ikkinchi o'rinlar: PSV (Niderlandiya), Renn (Fransiya), Roma (Italiya), Union (Germaniya), Manchester Yunayted (Angliya), Midtyulland (Daniya), Nant (Fransiya) va Monako (Fransiya). Bu jamoalar 1/8 finalga chiqish uchun pley-off bosqichida ishtirok etishadi.

Chempionlar ligasidan tushib ketganlar: Ayaks (Niderlandiya), Bayer (Germaniya), Barselona (Ispaniya), Zalcburg (Avstriya), Sevilya (Ispaniya), Sporting (Portugaliya), Shaxter (Ukraina) va Yuventus (Italiya). Bu jamoalar ham 1/8 finalga chiqish uchun pley-off bosqichida ishtirok etishadi.

Pley-off o'yinlari qur'asi 7 noyabr kuni, 1/8 final qur'asi esa 24 fevral kuni o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia