Yevropa ligasi. Guruh bosqichining so'nggi uchrashuvida "Genk" g'olib chiqdi

9 dek 2016, 18:59
Yevropa ligasining 6-turidan o'rin olgan so'nggi bellashuvi bo'lib o'tdi.


Kecha kuchli tuman tufayli qoldirilgan o'yin "Sassuolo" - "Genk" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bu to'qnashuvda "Genk"ning qo'li baland keldi va belgiyaliklar guruhda peshqadamlikni qo'lga kiritishdi.
"Sassuolo" esa oxirgi o'rin bilan guruhda qolib ketdi.


Yevropa ligasi, 6-tur.

"F" guruhi.

Sassuolo Italiya – Genk Belgiya 0:2 (0:0, 0:2)

Chitta-del-Trikolore

Gollar
: 0:1 – 58 Xeynen, 0:2 – 80 Trossard.

Sassuolo
– Pegolo, Kannavaro, Antey, Acherbi, Adjapong, Maccitelli, Lirola, Raguza (Richchi, 46), Missiroli (Pellegrini, 46), Kaputo (Manyanelli, 74), Matri.

Genk – Yakkers, Devast, Uelsh, Kastan, Brabec, Xeynen (Kumordzi, 89), Ndidi, Beyli (Buffel, 82), Trossard, Samatta, Karelis (Sabak, 90).

Ogohlantirish
: Maccitelli (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia