Yevropa ligasi. Guruh bosqichiga qur'a tashlandi. "Krasnodar" Dortmundga boradi, "Lokomotiv" esa Turkiyaga

Narzulla Saydullayev
28 avg 2015, 16:35
Bugun Monako shahrida Yevropa ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Unga ko'ra Odil Ahmedov to'p tepayotgan "Krasnodar" klubi "C" guruhida "Borussiya D", PAOK va "Gabala" klublari bilan o'ynaydigan bo'ldi. Vitaliy Denisov faoliyat olib borayotgan Moskvaning "Lokomotiv" klubi esa "H" kvartetida "Sporting", "Beshiktosh" va "Skanderbeu" klublari bilan kuch sinashadigan bo'ldi.


"A" guruhi - Ayaks (Gollandiya), Seltik (Shotlandiya), Fenerbaxche (Turkiya), Melde (Norvegiya).
"B" guruhi - Rubin (Rossiya), Liverpul (Angliya), Bordo (Fransiya), Son (Shveytsariya).
"C" guruhi - Borussiya Dortmund (Germaniya), PAOK (Gretsiya), Krasnodar (Rossiya), Gabala (Ozarbayjon).
"D" guruhi - Napoli (Italiya), Bryugge (Belgiya), Legiya (Polsha), Midtyulland (Daniya).
"E" guruhi - Vilyarreal (Ispaniya), Viktoriya Plzen (Chexiya), Rapid Vena (Avstriya), Dinamo Minsk (Belarus).
"F" guruhi - Marsel (Fransiya), Braga (Portugaliya), Slovan Liberec (Chexiya), Groningen (Gollandiya).
"G" guruhi - Dnepr (Ukraina), Lacio (Italiya), Sent-Eten (Fransiya), Rusenborg (Norvegiya).
"H" guruhi - Sporting Lissabon (Portugaliya), Beshiktosh (Turkiya), Lokomotiv Moskva (Rossiya), Skenderbeu (Albaniya).
"I" guruhi - Bazel (Shveytsariya), Fiorentina (Italiya), Lex (Polsha), Belenensesh (Portugaliya).
"J" guruhi - Tottenxem (Angliya), Anderlext (Belgiya), Monako (Fransiya), Karabax (Ozarbayjon).
"K" guruhi - Shalke-04 (Germaniya), APOEL (Kipr), Sparta Praga (Chexiya), Asteras (Gretsiya).
"L" guruhi - Atletik (Ispaniya), AZ (Gollandiya), Augsburg (Germaniya), Partizan (Serbiya).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia