

"Romero va de Xea - ikki fantastik posbon. Hech qachon faoliyatimda ikki darvozabon bir-biri bilan bunchalik yaqin bo'lganini ko'rmaganman. Posbonlar doimo raqobatlashishadi, ayniqsa bunday darajada. Biz Argentina va Ispaniya terma jamoalari darvozabonlari haqida gapiryapmiz, ammo ular do'st va doimo bir-birini qo'llab turishadi.
Agar Romero finalda o'ynasa, bu adolatdan bo'ladi. David joriy mavsum ikki marotaba Yevropa ligasida o'ynadi. Agar sovrinni qo'lga kiritsak, u ham sovrin oladi. Agar muammo bo'lmasa Serxio finalda o'ynaydi" - deydi Mourinyo.
Yevropa ligasi final uchrashuvi 24 may kuni Stokgolmda bo'lib o'tadi.



