Yevropa ligasi. Chorak finalga qur'a tashlandi "Yuve"ga "Lion" tushdi

Narzulla Saydullayev
21 mar 2014, 17:16
Yevropa ligasi 1/4 finaliga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Turindagi final elchisi Chiro Ferrera qur'a tashlash marosimida ishtirok etdi va juftliklarni aniqlab berdi.

Chorak final juftliklari:

"AZ Alkmaar" (Gollandiya) - "Benfika" (Portugaliya)
"Lion" (Fransiya) - "Yuventus" (Italiya)
"Bazel" (Shveytsariya) - "Valensiya" (Ispaniya)
"Portu" (Portugaliya) - "Sevilya" (Ispaniya)

Chorak finalning birinchi o'yinlari 3 aprel kunlari, javob bahslari esa 10 aprel kunlari bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, musobaqaning bu yilgi finali 14 may kuni Turindagi "Yuventus" stadionida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia