
Moldova klubi bilan durang o'ynagan "Anji" guruh bahslari tugashiga 1 tur qolganida keyingi bosqich yo'llanmasiga ega bo'lishdi. Odil Ahmedov bu o'yinda jamoa sardori sifatida 90 daqiqa harakat qildi.
Anji Rossiya – Sherif Moldova 1:1
28 noyabr, Saturn
Gollar: 0:1 – 52 Isa, 1:1 – 58 Epuryanu.
Anji – Kerjakov, Agalarov, Everton, Adeleye, Grigalava, Odil Ahmedov, Sobolev (Eshenko, 83), Maksimov, Epuryanu (Mkrtchyan, 58), Burmistrov, Serderov (Solomatin, 57).
Sherif – Tomich, Samardjich, Paye, Metua, Luvannor, Kadu, Balima, Moyal, Stanoevich (Djulliam, 76), Isa, Rikardino.
Ogohlantirishlar: Luvannor (46), Isa (53), Sobolev (66), Agalarov (69), Adeleye (85), Rikardino (89).
Chetlatish: Rikardino (90).