Yevropa Chempionlar Ligasi. Bugungi o'yinlar anonsi. Faktlar

Aziz Tukhtamuradov
18 avg 2015, 12:38
Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi so'nggi saralash bosqichida dastlabki o'yinlar bo'lib o'tadi. Biz esa ushbu o'yinlarga bog'liq bo'lgan faktlar bilan tanishtirib chiqamiz.

"Manchester Yunayted" - "Bryugge"

MYUning belgiyalik futbolchilari Adnan Yanuzay va Maruan Fellaynilar bugun o'zlarining sobiq jamoalariga qarshi harakat qiladilar.

"Bryugge" esa Angliyada 11 marotaba mehmon bo'lgan bo'lsa ushbu o'yinlarning hech qaysisida g'alaba qozona olmagan - 2 durang, 9 mag'lubiyat.




"Lacio" - "Bayer"

"Lacio" ilk marotaba YCHLning pley-off bosqichida ishtirok etmoqda. Biroq, ular Yevropa Ligasi o'yinlarining ushbu bosqichida uch marotaba muvaffaqiyat qozonishgan.

"Bayer"ning Italiyadagi ko'rsatkichi esa 1 yutuq, 3 durang, 3 mag'lubiyat. Leverkuzenliklar Rimda ikki marotaba durang qayd etishgan. Shulardan biri 2004 yilda "Roma" bilan 1:1, 1999 yilda esa YCHL guruh bosqichida "Lacio"ga qarshi o'yinda.



"Sporting" - SSKA Moskva

Ushbu jamoalar bungacha faqatgina bir marotaba to'qnash kelganlar. 2004/05 yilgi mavsumda moskvaliklar "Sporting" maydonida UEFA Kubogi finalida 3:1 hisobida g'alaba qozongandilar.

SSKAning YCHL saralashlaridagi mag'lubiyatsiz seriyasi 9 ta o'yindan beri davom etib kelmoqda. 5 g'alaba, 4 durang. Moskvaliklar bosh murabbiyi Leonid Sluckiyning fikricha, jamoalar o'rtasidagi imkoniyatlar teng.




BATE - "Partizan"

BATE uch marotaba ushbu bosqichda ishtirok etgan va bir marotaba YCHL guruh bosqichiga yo'llanma olishga muvaffaq bo'lgan.

Ushbu o'yin "Partizan" uchun YCHL/Yevropa Chempionlari Kubogidagi 100 o'yin hisoblanadi.



"Astana" - APOEL

Qozog'iston va Kipr jamoalari evrokuboklarda ikkinchi marotaba to'qnash kelmoqdalar. 2003/04 yilgi mavsumda "Omoniya" saralash bosqichida "Irtish"ni mag'lubiyatga uchratib keyingi bosqichga chiqqandi.

Bungacha hech qaysi qozoq jamoasi pley-offning ushbu bosqichidan nariga o'ta olmagan. "Shaxtyor" 2013/14 yilda YCHLning ushbu bosqichida "Seltik"ka yutqazib qo'yib, Yevropa Ligasining guruh bosqichiga yo'l olgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia