

1954 yil oktyabr oyida Kopengagendagi yig'ilishda dastlabki Yevropa Chempionatiga tayyorgarlik ko'rish haqida qaror qabul qilingan. Avvaliga musobaqani Jahon chempionati uchun saralash vazifasini o'tashi lozim degan fikr o'rtaga tashlanadi. Ammo, yakunda ushbu taklif o'zini oqlamaydi.
UEFAning 1957 yil mart oyidagi yig'ilishida "Yevropa chempionlari kubogi" nomli turnir o'tkazish taklifi beriladi. Uzoq muhokamalardan so'ng taklif ovozga qo'yiladi. Biroq, 27 ta federatsiyadan faqatgina 15 tasi yangi turnir o'tkazishga rozilik bildiradi.
1958 yilning 4 iyunidagi kongressdan so'ng esa chempionat bo'lib o'tishi to'g'risida qaror qabul qilingan.
Shu tariqa 1958 yilning 6 iyunida 1960 yilda bo'lib o'tadigan dastlabki turnirga qur'a tashlangan.



