Evrokubok bahslari iyunda ham o'tkazilmaydi, yangi mavsum esa juda kech boshlanadi

Eldor Akmurzayev
1 apr 2020, 21:40
Bugun, UEFA tashkilotga a'zo 55 mamlakat assotsiatsiyalari bilan birgalikda videokonferenciya o'tkazdi.

Unga ko'ra, terma jamoalar o'rtasida iyun oyiga belgilangan barcha uchrashuvlar noma'lum muddatga qoldirildi.

Rahbariyat evrokubok o'yinlarini iyul oyida boshlash mumkinligiga ishonmoqda. Milliy chempionatlarning 2019/20 yilgi mavsumini esa avgustning oxirlarida yakunlash rejalashtirilmoqda.

Shunda, Chempionlar Ligasi hamda Yevropa Ligasining yangi mavsumi oktyabrning ikkinchi yarmida boshlanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Partidazo de COPE