Evrofutbol. Haftaning qiziqarli va muhim kadrlari (FOTO)

Aziz Tukhtamuradov
9 fev 2015, 17:35
"Tottenxem" markaziy o'yinda "Arsenal"ni mag'lubiyatga uchratdi. "Real" esa "Atletiko"dan sharmandali mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Hafta davomida Yevropa maydonlarida bo'lib o'tgan e'tiborga molik voqealar bilan tanishtirib o'tamiz.

"Tottenxem" Keynning dubli evaziga derbida "Arsenal"ni mag'lubiyatga uchratdi (2:1).


Stiven Jerrard o'zining Mersisayd derbisidagi so'nggi o'yinida maydonga tushdi (0:0).


"Aston Villa" muxlislari "Chelsi"ga qarshi o'yinda o'z suyuklilarini jon-jahdlari bilan qo'llab-quvvatladilar. Ammo, yakunda "Chelsi" baribir g'alaba qozondi (1:2).


"Vest Xem" esa "Siti"ga qarshi o'yinda g'alabaga juda yaqin kelgandi, yakunda 1:1 hisobi qayd etildi


Deyli Blind "Vest Xem"ga qarshi o'yinda o'z goli bilan MYUni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi


Lester bosh murabbiyi Nayjel Pirson o'yin vaqtida Kristal Pelas futbolchisi Jeyms Makartur bilan janjallashib, uni bo'g'di va ishdan haydaldi


"Yuventus" futbolchilari "Milan" ustidan qozonilgan g'alabani nishonlamoqdalar (3:1).


"Roma"ning 18 yoshli futbolchisi Daniel Verde debyut o'yinida ikkita golli uzatma muallifiga aylandi


"Atletiko" Madrid derbisida "Real"ni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi


"Borussiya D" "Frayburg"ga qarshi o'yinda nihoyat g'alaba qozondi, Obameyang esa gol muallifiga aylandi (3:0).


"Barselona" safarda "Atletik"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi (2:5).


PSJ va "Lion" jamoalari o'rtasidagi Fransiya chempionatining markaziy uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang qayd etildi


sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia