Evro-2020. Bugun turnirning asosiy bosqichi uchun qur'a tashlanadi

Aslanov Jasurbek
30 noya 2019, 14:17
Bugun, 30 noyabr kuni Ruminiya poytaxti Buxarestda 2020 yilda o'tkaziladigan Yevropa chempionatining asosiy bosqichiga qur'a tashlanadi.

12 iyundan 12 iyuligacha o'tkaziladigan turnirga 12ta shahar mezbonlik qiladi:

Sankt-Peterburg, Myunxen, Boku, Rim, Buxarest, Kopengagen, Amstyerdam, Bilbao, Glazgo, Budapesht, Dublin, London.


24ta jamoa ishtirok etadigan turnirning final o'yini Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.


Bugun o'tkaziladigan qur'a marosimidan oldin saytimiz o'quvchilariga tadbirga oid bazi ma'lumotlarni taqdim etamiz.


Qur'a marosimida 24ta jamoa 6tadan 4ta savatga ajratilgan bo'ladi.


1-savatcha

Belgiya

Italiya

Angliya

Germaniya

Ispaniya

Ukraina


2-savatcha

Fransiya

Polsha

Shveytsariya

Xorvatiya

Gollandiya

Rossiya


3-savatcha

Portugaliya

Turkiya

Daniya

Avstriya

Shvetsiya

Chexiya


4-savatcha

Uels

Finlyandiya

Pley-off A g'olibi

Pley-off B g'olibi

Pley-off C g'olibi

Pley-off D g'olibi



Qoidalar bo'yicha, guruhga har bitta savatchaning bitta vakili kiradi. Qur'a jarayonida Armaniston - Ozarbayjon, Bosniya va Gertsegovina - Kosovo, Serbiya - Kosovo, Ispaniya - Gibraltar, Rossiya - Ukraina, Rossiya - Kosovo juftliklari bitta guruhga tushmaydi. 

Bazi guruhlarda ishtirokchi jamoalar nomi deyarli ma'lum.


"A" guruhi

Italiya

-

-

Uels/Finlyandiya


"B" guruhi

Belgiya

Rossiya

Daniya

Uels/Finlyandiya


"C" guruhi

Ukraina

Gollandiya

-

-


"D" guruhi

Angliya

-

-

-


"E" guruhi

Ispaniya

-

-

-


"F" guruhi

Germaniya

-

-

-


Eslatib o'tamiz, qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia