Evro-2020. Angliya - Daniya uchrashuvining hakamlari ma'lum

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2021, 17:40
UEFA rasmiy sayti Evro-2020 yarim finalidan o'rin olgan Angliya - Daniya uchrashuvining hakamlarini ma'lum qildi.

Uchrashuv bosh hakami etib niderlandiyalik Danni Makelli tayinlandi. Unga qanotlarda  Xessel Steegstra, Yan de Vris ko'maklashadi. To'rtinchi hakam Ovidiu Xacegan. Videoyordamchi vazifasini  Pol van Bukel bajaradi. 

Eslatib o'tamiz mazkur jamoalar ishtirokidagi bahs 7 iyul kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: УЕФА расмий сайти