Hakam "Feyenoord"ning golidan so'ng, uni bekor qilib, raqib jamoa uchun penalti qo'yib berdi (video)

Aslanov Jasurbek
6 avg 2017, 12:12
"Feyenoord" va "Vitess" o'rtasidagi Gollandiya Superkubogi uchun bahsda o'yin hakami Danni Makkeli juda g'alati qaror qabul qildi.

Ikkinchi bo'limning 55-daqiqasida "Vitess" hujumga o'tdi va Time Matavje "Feyenoord" jarima maydonchasida yiqitildi, hakam esa o'yinni davom ettirish mumkinligini ko'rsatdi. "Feyenoord" qarshi hujumda gol urdi, biroq yon hakam "Vitess" futbolchisiga nisbatan qoidabuzarlik bo'lganini ma'lum qildi.

Hakam vaziyatga oydinlik kiritish niyatida takroriy videolavhalardan foydalandi. Sodir bo'lgan voqeani ko'rgan bosh hakam "Feyenoord"ning golini bekor qildi va "Vitess"ga 11 metrlik jarima zarbasi tepishga imkon berdi. Penaltidan so'ng hisob 1:1ga aylandi.

Bahs penaltilar seriyasigacha yetib bordi va unda omad "Feyenoord"ga kulib boqdi (4:2).

TAS-IX emas


Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia