Evro-2017. Angliya (U-21) Redmondning goli evaziga g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2017, 00:10
Angliya yoshlar (U-21) terma jamoasi Yevropa chempionatining guruh bosqich ikkinchi tur uchrashuvida Slovakiyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Polshaning Kelc shahrida o'tgan uchrashuvning 23-daqiqasida Martin Xrien slovakiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Lekin ikkinchi bo'limda Alfi Mouson hamda Neytan Redmond tomonidan kiritilgan gollar Angliyaga muhim g'alabani taqdim etdi. 

"A" guruhidagi holat: 

1. Angliya - 4 ochko (2 ta o'yin); 

2. Slovakiya - 3 (2); 

3. Shvetsiya - 1 (1); 

4. Polsha - 0 (1).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif