EVRO-2016 saralashi. Bugun Islandiya, Chexiya va Uels yo'llanmani qo'lga kiritishi mumkin

Narzulla Saydullayev
6 sen 2015, 16:30
Bugun uchta guruhda 2016 yilgi Yevropa chempionati saralash bahslari bo'lib o'tadi.

"A", "B" hamda "H" guruhlarida 8-tur o'yinlari o'tkaziladi. Biz har bir guruhga alohida e'tibor qaratamiz.



"A" guruhi
Latviya - Chexiya
Turkiya - Gollandiya
Islandiya - Qozog'iston

Bugun Islandiya terma jamoasi Qozog'iston bilan kamida durang o'ynasa EVRO-2016ga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Chexiya ham bugun yo'llanmaga ega bo'lishi mumkin. Buning uchun o'zi Latviyani mag'lub etishi va Gollandiya Turkiyani mag'lub eta olmasligini kutishi kerak.

Gollandiya va Turkiya uchinchi o'rin uchun kurashni davom ettirishmoqda.

#JamoaO'YUDMT-NO
1   
 Islandiya7   
6   
0   
1   
15-3   
18  
2 Chexiya751114-916
3 Gollandiya731313-710
4 Turkiya72328-99
5 Latviya70433-144
6 Qozog'iston   
70165-161


"B" guruhi
Uels - Isroil
Bosniya va Gertsegovina - Andorra
Kipr - Belgiya

Bugun Garet Beyl jamoadoshlari bilan Isroilni mag'lub eta olsa Uels o'z tarixida ilk bor Yevropa chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Belgiya safarda Kipr bilan o'ynaydi. Kipr g'alaba qozonasagina to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyatini saqlab qoladi.



#JamoaO'YUDMT-NO
1  
 Uels7  
5  
2  
0   
9-217  
2 Belgiya742116-314
3 Isroil740314-912
4Kipr730412-12  
9
5 Bosniya va Gertsegovina   
72239-108
6 Andorra70073-270


"H" guruhi
Malta - Ozarbayjon
Norvegiya - Xorvatiya
Italiya - Bolgariya

Xorvatiya va Italiya hisobida 15tadan ochko bor. Norvegiya 13 ochko bilan uchinchi o'rinda. Bolgariyaning EVRO-2016ga borish imkoniyati juda ham past.

Imkoniyatni saqlab qolish uchun bolgarlar bugun Italiyani mag'lub etishlari kerak. Norvegiya Xorvatiyani mag'lub etsa va Italiya Bolgariyani yuta olmasa Norvegiya biriinchi o'ringa chiqib oladi.

#JamoaO'YUDMT-NO
1  
 Italiya7   
4   
3  
0   
10-5   
15   
2 Xorvatiya743016-315
3 Norvegiya74128-813
4 Bolgariya72237-88
5 Ozarbayjon   
71244-115
6 Malta70161-111



Narzulla Saydullaev tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia