Evro-2016 qahramoni Eder "Al Raed" o'yinchisiga aylandi

Alisher
24 sen 2021, 12:38
Saudiyaning "Al Raed" klubi hujumchi Eder bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

33 yoshli portugaliyalik futbolchi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Futbolchi 1 iyuldan beri klubsiz edi, shu sabab Saudiya Arabistoni jamoasiga erkin agent maqomida o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Ederning so'nggi ish joyi Moskvaning "Lokomotiv" klubi bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/alraedclub