Evro-2016. Italiyaning yakuniy tarkibi 31 may kuni e'lon qilinadi

Narzulla Saydullayev
8 apr 2016, 10:25
Italiya futbol Federatsiyasi Fransiyadagi Yevropa chempionatiga tayyorgarlik rejasini tuzib chiqdi.

18 may kuni futbolchilar yig'inni boshlashadi. Besh kundan so'ng murabbiylar shtabi "Skuadra adzurra"ning Evro-2016 uchun kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qilishadi. 29 may kuni Shotlandiyaga qarshi o'yindan so'ng Antonio Konte Evro-2016ga boradigan tarkibni aniqlab oladi. Yakuniy tarkib 31 may kuni e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net